Yuqori natijalarga erişayotgan umumiy örta ta'lim maktablari negizida ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim muassasalari taşkil etiladi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va jamiyatda öqituvçi mavqeini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida kengaytirilgan tarzda ötkazilgan yiğiliş bayonida aytilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov) 2020/2021 öquv yilidan boşlab zamonaviy öquv binolari va moddiy-texnik bazasiga ega bölgan, ta'lim sifati va kadrlar salohiyati yuqori, öquvçilari muntazam ravişda fan olimpiadalari va boşqa tanlovlarda yuqori natijalarga erişayotgan umumiy örta ta'lim maktablari negizida ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim muassasalari taşkil etilişi çoralarini köradi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (Toşkenboyev), Davlat test markazi (Karimov), Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar hududlardagi ayrim fanlarga çuqurlaştirib öqitiladigan ixtisoslaştirilgan davlat umumiy örta ta'lim maktablari va ixtisoslaştirilgan maktab-internatlari faoliyatini tanqidiy örganib, iqtidorli öquvçilar uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilmagan, ta'lim sifati past, kadrlar salohiyati yetarli bölmagan muassasalar faoliyatini tugatiş çoralarini köradi.