Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining navbatdagi kun dasturi Özbekiston erkin kuraş terma jamoasi uçun muvaffaqiyatsiz keçmoqda.
Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) öz iştirokini saralaş bosqiçida boşlab dastlab puerto-rikalik Franklin Gomesni 4:0 hisobida yengdi. 1/16 finalda esa u kubalik Jyeandre Garzonni 10:6 hisobida mağlub etdi va nimçorak finalga yöl oldi. Ammo u bu bosqiçda ozarboyjonlik Gadjimurad Gadjiyevga 9:12 hisobida mağlub böldi. Gadjiyev esa çorak finalda amerikalik Jordan Burrougzga mağlub bölgaç, Abdurahmonov bronza uçun ötiş öyinlarida iştirok etolmasligi aniq böldi.
Ixtiyor Navrözov (-70 kg) 1/16 finalda hindistonlik Karan Karanni 7:0, 1/8 finalda bolgariyalik Ali Umarpaşayevni 7:6 hisoblarida yengdi, ammo 1/4 finalda rossiyalik David Bayevdan 5:11 hisobida mağlub böldi. Bayev esa yarim finalda polşalik Magomedmurad Gadjiyevni yengib finalga çiqdi, bu esa özbekistonlik sportçiga bronza uçun ötiş turnirida qatnaşiş imkoniyatini taqdim etdi.
Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili Hasanboy Rahimov (-125 kg) esa saralaşda venesuelalik Luis Felipe Urbanexani (10:0), 1/8 finalda vengriyalik Daniyel Ligetini (sof ğalaba) yengdi. Ammo çorak finalda turkiyalik Taha Akgulga yutqazdi (0:3). Turkiyalik sportçi esa yarimfinalda xitoylik Jivei Dengdan ustun kelib finalga çiqdi, bu esa Rahimovga bronza uçun ötiş turnirida qatnaşiş imkoniyatini beradi.

















