Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining yarim final bellaşuvlariga start berildi.

-52 kilogramm vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Şahobiddin Zoirov terma jamoa vakillaridan birinçi bölib final yöllanmasiga ega böldi.

Fransiyalik Belal Bennama bilan bahs olib borgan Zoirov özining aniq va kuçli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini isbotlab berdi. Uç raund natijalariga köra, hakamlar bir ovozdan Özbekiston vakilini ğolib deb topişdi (5:0).

U endi oltin medal uçun keçadigan bahsda Saken Bibissonov (Qozoğiston) va Amit (Hindiston) örtasidagi jang ğolibiga qarşi ringga kötariladi.

Kun davomida Özbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final janglarini ötkazişadi:

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Möğuliston) (19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilşodbek Rözmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).

Final janglari 21 sentabr kuni bölib ötadi.