Bugun, 20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida “Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qaror ijrosini ta'minlaş böyiça tuzilgan komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, senator Dilorom Toşmuhammedova masala yuzasidan öz fikr va takliflarini bildirdi.

«130ta tuman-şaharlarda yoşlarni turmuşga tayyorlaş böyiça maktablar faoliyat olib boradi. 6ta yönaliş böyiça öqitiş işlarini olib boramiz. Ularning qatoriga oila an'analari va tadbirlari yönalişini ham qöşdik.

Yoşlarga töyning maqsadi nimaligi haqida tuşunça berişni rejalaştirganmiz. Ularga bilim oliş, öz mahoratini oşiriş muhimroq ekanligini uqtirişimiz lozim. Ortiqça mablaği bölsa, uni töy-haşamga emas, boşqa foydali işlarga sarflaşi, jumladan, içki turizmga hissa qöşişlari mumkinligini singdiriş zarur.

Ular töyni eng katta dunyoviy xursandçilik, deb öylaşadi. Vaholanki, boşqa xursandçiliklar ham bor hayotda. Butun dunyo yoşlari qaysi oliygohda öqiş, kasbini puxta egallaş haqida öylaşsa, bizning yoşlarimiz töyni qayerda ötkaziş haqida boş qotirişyapti. Bu nuqtayi nazarni, qadriyatlarni sekin-astalik bilan özgartirişimiz kerak», deb fikr bildirdi Dilorom Toşmuhammedova.

Senator odamlarning töy borasidagi fikrlarini töğri tomonga yönaltiriş uçun Yaponiya tajribasini qöllaşni taklif qildi. Unga köra, yapon oilalarida nizolar köpayib ketganda, bu muammoni yengillaştiriş maqsadida TV orqali şu böyiça satirik körsatuvlar tez-tez berilib borilgan.

«Balki hazil-mutoyiba orqali real muammolar körsatilsa, odamlar özlari uçun xulosa çiqarib olgan bölardi», deydi Dilorom Toşmuhammedova.