Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda.
-97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov 1/8 finalda ruminiyalik Albert Saritovga qarşi gilamga tuşdi va 6:5 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqdi.
Endi uning çorak finaldagi raqibi amerikalik tajribali kuraşçi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida, Las-Vegas (2015) va Parijdagi (2017) jahon çempionatlarida ğolib bölgan Kayl Snayder böladi.

Magomed Ibragimov saralaş bosqiçida polşalik Radoslav Baranni osonlik bilan taslim etgandi - 10:0.
Şuningdek, Özbekiston erkin kuraş jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov nimçorak finalda ruminiyalik Nikolai Oxlopkovni 8:1 hisobida yengib, çorak finalga çiqdi.
Uning yarim final yölidagi raqibi rossiyalik Magomedrasul Idrisov böladi.
Abbos Rahmonov saralaş bosqiçida filippinlik Yegor Dmitriyevni osonlik bilan yenggandi (14:2).

















