Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining yarim final bellaşuvlari davom etmoqda.
Özbekiston şarafini -57 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov final ostonasida möğulistonlik Tsenbataar Yerdenebatga qarşi jang qildi.
Keskin kuraşlar ostida keçgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan özbekistonlik boksçini ğolib deb topişdi.




Endi Mirzaxalilov oltin medal uçun keçadigan jangda kubalik Lazaro Estradaga qarşi bahs olib boradi.
Şu tariqa, Özbekiston boks terma jamoasining ikkinçi vakili finalga yöl oldi. Bungaça -52 kg vazn toifasida ringga çiqayotgan Şahobiddin Zoirov final yöllanmasini qölga kiritgandi.
Bugun yana uç nafar özbek boksçisi final yöllanmasi uçun ringga çiqadi.
-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilşodbek Rözmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).
Final janglari 21 sentabr kuni bölib ötadi.
















