O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratni amalga oshirish;
Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta'minlash va ulardan keng foydalanish;
davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash;
arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.
Belgilanishicha, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari o‘z vakolati doirasida arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi, shuningdek, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari yuzasidan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar.
2019 yil 1 oktyabrdan:
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,6 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lanadi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025