Bugun Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçida katta e'tibor qaratilayotgan sohalardan biri transport tarmoğidir, deb yozadi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Yormamat Xoliyorov.

Aytilişiça, köp yillar oldin loyihalaştirilib, ammo amalga oşirilişi orqaga surilib kelayotgan metro qurilişi böyiça 3 ta yirik loyiha – “Sergeli”, “Yunusobod” hamda yerusti halqa metro yölining davom ettirilayotgani, bunday metrolarni quriş uçun eng zamonaviy yerosti burğilovçi qurilmalarning keltirilişi muhim voqelik böldi. 

“Eng muhimi, sohada juda katta özgarişlar bölyapti. Ammo, barça sohada keçayotgan yangilanişlar, zamonaviylik Toşkent metropolitenini çetlab ötayotgani açinarli, deb öylayman.

Masalan, bugun butun dunyoda elektron tölovlar tizimi keng qöllanilyapti. Hattoki, mobil smartfonlarga örnatiladigan dasturlar orqali NFC tölov tizimlari joriy etilmoqda. Bugungi kunda aloqasiz tölov tizimi London, Praga, Singapur, Kiyev va Sankt-Peterburg kabi dunyoning köplab şaharlarida işlaydi.

Toşkent metropolitenida esa, hali-hanuz jyetonlardan foydalanilayotgani bu kabi masalalarga yetarliça e'tibor qaratilmayotgani, eskiça qaraşlardan voz keça olmayotganimizning yaqqol dalilidir.

Turizm haqida bong uramiz. Ammo sayyohlikning muhim talablaridan biri hisoblangan transport infratuzilmalarini jahon standartlari asosida taşkil qiliş, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş köpinça xayolimizga ham kelmayapti. Buni Toşkent metropoliteni misolida ham yaqqol köryapmiz. Axir bu ham özgarayotgan Özbekistonning imiji uçun yaxşi bir vosita bölişi mumkin-ku. Yurtimizga taşrif buyurayotgan sayyohlarga, eng muhimi, xalqimizga zamonaviy xizmat körsatiş, har jabhada rivojlangan davlatlardan ortda qolmaslikka harakat qiliş lozim emasmi?” - deydi deputat.

Qayd etilişiça, bugun dunyoning köplab davlatlari aeroportlarida qöllanilib kelayotgan harakatlanuvçi yölaklar (travolator) kabi yangiliklarni joriy etiş kerak. 

Şuningdek, deputatning yozişiça, Yaponiyada yölovçilar xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan poyezd va platforma örtasiga örnatilgan “elektron harakatlanuvçi tösiq”lar kabi yangiliklarni Toşkent metropoliteni rahbariyati ham öylab körişi lozim.

“Albatta, sohadagi özgarişlarga vakolatli organ sifatida Transport vazirligi taşkil etilgani bu borada yetarli darajada e'tiborni kuçaytirişni talab etadi. Nega biz rivojlangan davlatlarda qöllanilayotgan tajribani mamlakatimiz poytaxtidagi transport tizimiga joriy etişimiz qiyin bölyapti? Axir bugun poytaxt aholisi allaqaçon mobil tizimi orqali tölovlarni amalga oşirişga, internet dökonlardan savdo qilişga, bir-biriga pul ötkazmalarni ham elektron tizimda amalga oşirişga örgandi.