Dzyudo böyiça Toşkent-2019 Gran-pri turnirining 21 sentabr ikkinçi kungi bellaşuvlar yakunlari özbekça final bilan nihoyalandi.

Erkaklar örtasidagi -81 kg vaznda finalgaça yetib kelgan ikki özbekistonlik dzyudoçi Şarofiddin Boltaboyev va Kamoliddin Rasulov ğoliblik uçun tatamiga tuşdi. Unda Şarofiddin Boltaboyevning qöli baland keldi.

Şuningdek, Ş.Boltaboyev eng tezkor ğalabaga erişgan dzyudoçi sifatida jahon dzyudosi tarixiga ham kirdi. U ikkinçi davrada xitoylik raqibini ikki soniyada mağlub etgan edi.

Bronza medallari uçun avstriyalik Ş.Burçaşvili Musa Sobirovga qarşi, belgiyalik S.Çouçi rossiyalik A.Azizovga qarşi tatamiga tuşdi. Uşbu bahslarda Ş.Burçaşvili va S.Çouçilar ğolib böldi.

Gulnoza Matniyozova -70 kg vaznda ikkinçi örinni egalladi.

Ayollar örtasida -70 kg vaznda finalgaça yetib kelgan özbekistonlik dzyudoçi Gulnoza Matniyozova gretsiyalik E.Telsedouga yutqazdi va ikkinçi örin bilan kifoyalandi.