Hukumatning “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Nizomga köra, qömita:
din işlari sohasida yagona davlat siyosatining amalga oşirilişini ta'minlaşga mas'ul vakolatli davlat boşqaruv organi hisoblanadi;
jamiyatda “jaholatga qarşi ma'rifat” uluğvor ğoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinçlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini tarğib etiş maqsadida barça davlat va nodavlat notijorat taşkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oşirişga kömaklaşadi;
mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bağrikenglikni ta'minlaş masalalarini örganiş natijalari asosida ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, tarğibot va taşviqot tadbirlarini ötkaziş çoralarini köradi.
Qömita öz faoliyati yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va hisobot beradi.
Quyidagilar qömitaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari hisoblanadi:
vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din işlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
Özbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy röyobga çiqariş, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qiliş;
diniy mutaassiblik va ekstremizm ğoyalarini tarqatiş, turli konfessiyalar örtasida adovatni yuzaga keltirişga qaratilgan xatti-harakatlarga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
jamiyatda diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tuğdirişi mumkin bölgan omillarni örganiş, tahlil qiliş va ularning oldini oliş çoralarini köriş, şuningdek, uşbu jarayonlarda diniy-ma'rifiy soha vakillarining iştirokini kengaytiriş;
davlat organlarining diniy taşkilotlar bilan özaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlaştiriş hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan diniy taşkilotlar manfaatlarini aks ettiriş;
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş böyiça tarğibot va taşviqot işlarini olib boriş;

















