Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning Içki işlar vazirligi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi bilan birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlaş böyiça mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvçi yangi tizim joriy etiladi.

Quyidagilar yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatçilikka, davlat va jamoat taşkilotlari rahbar va xodimlariga tuşuntiriş, ularning faolligi, taşabbuskorligini oşiriş;

vijdon erkinligi kafolatlarining buzilişi holatlariga nisbatan tezkor çoralar köriş;

aholining, ayniqsa yoş avlodning diniy va dunyoviy qaraşlarini rivojlantiriş;

ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal ğoyalarga qarşi milliy an'ana va qadriyatlarimizning keng tarğib etilişini ta'minlaş.

Quyidagilar Qömitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilandi:

vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din işlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;

Özbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy röyobga çiqariş, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qiliş;

diniy mutaassiblik va ekstremizm ğoyalarini tarqatiş, turli konfessiyalar örtasida adovatni yuzaga keltirişga qaratilgan xatti-harakatlarga yöl qöymaslik çoralarini köriş;

jamiyatda diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tuğdirişi mumkin bölgan omillarni örganiş, tahlil qiliş va ularning oldini oliş çoralarini köriş, şuningdek, uşbu jarayonlarda diniy-ma'rifiy soha vakillarining iştirokini kengaytiriş;

davlat organlarining diniy taşkilotlar bilan özaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlaştiriş hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan diniy taşkilotlar manfaatlarini aks ettiriş;