22-25 sentabr kunlari Energetika vazirligi tomonidan o‘zbek va xorijiy OAV vakillari, soha mutasaddilari ishtirokida Qoraqalpog‘iston respublikasi, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari bo‘ylab press-tur uyushtirildi. Bu jarayonda Kun.uz vakillari ham ishtirok etmoqdalar. E'tiboringizga muxbirlarimiz tomonidan tadbirning ilk kunida jamlab saralangan suratlarni havola etamiz.



Samolyot, avtobus, yo‘ltanlamas avtomobillar. Bu bepoyon hududda har birining o‘rni bor.


Mo‘ynoq: yashashning o‘zi inson matonatidan darak bo‘lgan maskan. Lekin hammasi yangitdan boshlanmoqda.



Orol alvido aytgan nuqta: kemalar qabristoni. Bugungi kunda muzeyga aylantirilgan va har bir sayyoh o‘tgan asrdan tug‘ilib, o‘zi haqida bong urgan, bu asrda oqibatlari bilan hammani o‘yga toldirayotgan muammo qarshisida mungga cho‘madi.


Yo‘llar va saksovullar. Yo‘llar va saksovullar... Shamol har qadamda sizga hamroh bo‘ladi.


Mehmonlar sharafiga to‘kin dasturxon. Oshpazlar Samarqanddan kelib ishlashadi. 15 kun ish, 15 kun dam olish. Dam olishning 2-4 kuni yo‘lda o‘tadi.



























