Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi va Kattaqörğon şahar bölimi tomonidan fuqarolar N.A. va D.A.ning arizalari yuzasidan tekşiruv harakatlari ötkazildi.
Aniqlanişiça, «Kattaqörğonşahargaz» filiali sobiq xodimi P.M. fuqaro D.A.ning işonçiga kirib, uni aldab, tabiiy gazdan mavjud qarzdorligini qoplab berişni va'da qilgan. Evaziga undan 2016 yil iyun oyida 200 AQŞ dollarini va 700 ming söm naqd pullarni tölov çeki bermasdan, firibgarlik yöli bilan olib ketgan.
Bundan taşqari, «Kattaqörğonşahargaz» filiali sobiq xodimi P.M. özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, yana bir fuqaro N.A.ning işonçiga kirib, uni ham aldagan. Tabiiy gazdan mavjud qarzdorlikni qoplaşni va hisoblagiç örnatib berişni va'da qilgan.
2018 yil 1 noyabr kuni undan 120 ming söm, yana bir haftadan söng hisoblagiçni körikdan ötkaziş uçun 80 ming söm, 22 noyabr kuni hisoblagiç sotib oliş uçun 200 ming söm, 1 dekabr kuni unga xatlov dalolatnomasi va boşqa hujjatlarni rasmiylaştiriş evaziga 300 ming söm va 15 dekabr kuni 600 ming söm - jami 1 mln. 300 ming naqd pullarni olib, takroran firibgarlik yöli bilan egallab olgan.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida P.M.dan olingan pullardan 700 ming sömi hamda fuqaro N.A.dan olgan pullardan ham 700 ming sömi xolislar iştirokida zararni ixtiyoriy qoplaş tariqasida olinib, tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















