Huquq-tartibot idoralari tungi vaqt internet-kafe yoki tungi klublarda kattalarsiz aniqlangan voyaga yetmaganlarning ota-onalarini jarimaga tortişga haqli.
Xususan, poytaxt Toşkentda oxirgi 8 oy içida şunday huquqbuzarlik uçun 137 nafar ota-ona jarimaga tortilgan. Bu haqda brifing vaqtida Toşkent şahar IIBBning voyaga yetmaganlar işlari böyiça boş inspektori Abduraşid Oçilov ma'lum qildi.
“Har tun voyaga yetmaganlar işlari bilan şuğullanuvi inspektor soat 22:00dan keyin internet-kafe, tungi klublar kabi yoşlar töplanadigan joylarda tungi reydlarni ötkazadi. Bunday joylarda kattalar hamrohligisiz voyaga yetmaganlar aniqlansa, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 188-moddasi prim 2 ( Voyaga yetmagan şaxsning köngil oçiş (dam oliş) joylarida tungi vaqtda bölişiga yöl qöyiş) böyiça iş oçiladi”, deb ma'lum qilgan Oçilov.
Bayonnoma tuzilgaç va iş sudga oşirilgaç, ota-onalar eng kam iş haqining 10 barobaridan 15 barobarigaça miqdorda jarima tölaydilar. Keyin ma'lumot hokimlik huzuridagi komissiyaga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi böyiça (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta'lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) topşiriladi.

















