Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimining qo‘llanilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn NKMlar, virtual kassa dasturiy mahsulotlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi tadbirkorlik sub'yektlariga bepul beriladi.
Davlat reyestriga kiritilmagan onlayn NKM va virtual kassalar va ularning dasturiy mahsulotlari (versiyalari)ni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo shoxobchasida onlayn NKM va (yoki) virtual kassa bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) savdo hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Tadbirkorlik sub'yektlari aholiga tovarlarni naqd pulsiz sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda) plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan to‘lov terminallaridan foydalanadilar.
Bunda, to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Sotib olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xaridorlarga beriladigan onlayn NKM, virtual kassa cheklarida quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi kerak:
chekning tartib raqami;
onlayn NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
tadbirkorlik sub'yektining nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
tovar/xizmat nomi;
markirovka qilinadigan tovarlar uchun markirovka kodi;
tovar/xizmat miqdori;
tovar/xizmatning qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;

















