Şiddatli axborot davrida yaşayapmiz. Nafaqat qaysidir şaxslar, mansabdorlar, balki butun taşkilotlar ham öz faoliyati bilan tez-tez omma e'tiboriga tuşadi, bahs-u munozarlarga sabab böladi. Ana şunday taşkilotlardan biri Majburiy ijro byurosidir. Haftaning biror kuni, oyning biror haftasi yöqki, bu byuro faoliyatiga oid xabarlar e'lon qilinmasa.
Şu jihatlarni hisobga olib, byuro faoliyati bilan yaqindan tanişiş, töplanib qolgan savollarga javob oliş maqsadida MIB direktori Botir Qudratxöjayev bilan suhbatda böldik.
Botir Qudratxöjayev suhbat jarayonida bizni byuro faoliyati, turli-tuman bölimlardagi iş jarayoni bilan ham taniştirib çiqdi.
Ma'lumot uçun: Majburiy ijro byurosi davlat rahbarining sohaga oid maxsus Farmoni bilan taşkil etilgan. Byuro Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi maxsus vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvçi organ bölib:
- sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining sözsiz ijrosini ta'minlaş, undirilgan mablağlarning haqqoniyligini ta'minlaş, turli sansalorlik va suiiste'molçilik holatlari oldini oliş;
- energiya resurslari, suv ta'minoti hamda qattiq maişiy çiqindilar uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişini ta'minlaş, tarmoqlarga noqonuniy ulaniş, talon-toroj holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş kabi vazifalarni amalga oşiradi.
Byuro muqaddam faoliyat körsatgan Adliya vazirligi huzuridagi sud departamenti hamda ta'minotçi korxonalardan köp jihatdan farq qiladi: Byuro – Boş prokuratura huzuridagi maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi, suriştiruv va tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi, tezkor-qidiruv faoliyati bilan şuğullaniş vakolatiga ega organ hisoblanadi.
Byuro tizimi – bir vaqtda sud va boşqa organ qarorlarini ijro etadi, energiya resurslari, suv ta'minoti va qattiq maişiy çiqindilar uçun undiruvlarini muvofiqlaştiradi.
Byuroda – jami 12 mingdan ziyod xodimlar xizmat qiladi. Xodimlar örtaça 3 mln 600 ming sömdan – 7 mln. 500 ming sömgaça iş haqi olişadi.
Adliya vazirligi huzuridagi tugatilgan Sud departamentining oxirgi ikki yili 3 oyi davomida 23,8 trln. sömlik 5,1 millionta ijro hujjatlari amalda ijrosi ta'minlangan bir vaqtda, Byuro faoliyatining şunga mos davrida 36 trln. sömlik 6,3 mln.ta ijro hujjatlari amalda ijrosi ta'minlangan, ya'ni sobiq Sud departamenti sud ijroçilari şu davriga nisbatan sonida 23 foizga, Byuro davlat ijroçilari 51 foizga köp ijro hujjatlarini yakunlagan.

















