Ötgan hafta grin-karta lotereyasining 2019 yilgi qoidalariga özgartiriş kiritilgani, xususan endilikda arizaçilardan xalqaro sayohat pasporti seriyasini kiritiş talab etilişi ma'lum böldi.

Özbekiston fuqarolari bilan boğliq holatda bu – joriy yildan muomalaga kiritilgan, 10 yil muddatga beriladigan, qizil rangli xorijga çiqiş biometrik pasportini anglatadi.

Kun.uz muxbiri mazkur yangilik yuzasidan fuqarolarda tuğilayotgan qator savollarga javob oliş maqsadida AQŞning Toşkentdagi elçixonasi Immigratsion vizalar bölimi boşliği Kori M Bender bilan suhbatda böldi.

Diplomatning sözlariga köra, haqiqatan ham bu yil grin-karta öynaşni istovçi özbekistonliklarga xorijga çiqiş pasportlarini olişlari tavsiya etiladi.

– Dastur talablari yildan yilga qat'iylaştirib borilyapti, – deb gap boşladi Bender. – Bunga sabab – biz lotereya ğolibi sifatida suhbat uçun keladigan fuqarolar anketani şaxsan özlari töldirgan bölişlarini istayapmiz. Talabgorlardan yana ham batafsilroq ma'lumotlarni kiritişlarini söraşdan maqsad – firibgarlik holatlarining oldini oliş. Demak, qöşimça ma'lumotlar kiritiş talabi arizaçini ham himoyalaşga xizmat qiladi.

Dasturning özbekistonlik iştirokçilariga ariza topşiriş vaqtida şu yil amaliyotga joriy etilgan qizil rangli xorijga çiqiş pasportlaridan foydalanişlarini qat'iyan tavsiya etamiz. Lotereya qoidalarida ham bu aniq belgilab qöyilgan – arizada körsatilgan pasport fuqaroga xorijga çiqiş imkonini berişi kerak.

Texnik jihatdan, dasturda qatnaşiş uçun kök rangli, içki foydalaniş uçun möljallangan pasportdan ham foydalaniş mumkin, ammo uşbu pasportda xorijga çiqiş ruxsatnomasi – OVIR stikeri bölişi kerak. Mazkur holatda, ariza topşirilayotgan vaqtda pasportdagi OVIR stikerining amal qiliş muddati ötmagan, ya'ni stiker hali ham amalda bölişi zarur.

Texnik tomondan imkoniyat bölsa-da, biz röyxatdan ötiş vaqtida amaldagi OVIR stikeri bor pasportlardan foydalanişni tavsiya etmaymiz. Çunki 2021 yilga kelib, ya'ni joriy yil öynaladigan lotereya ğoliblari suhbatdan ötadigan vaqtda hozirgi içki foydalanişdagi yaşil pasportlarning stikeri muddati tugagan böladi, eski namunadagi pasportlar muomaladan çiqqan bölişi ham mumkin. Natijada ular huquqiy jihatdan yaroqli bölmasligi ehtimoldan xoli emas.