Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan «Taraqqiyot» fermer xöjaligi 1995 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgandi. Fermerlik şu yil yanvar oyida yuz bergan optimallaştirişdan söng 150 gektardan ziyod maydonda ğalla va paxta yetiştirgan.

Biroq, fermerning Kun.uz tahririyatiga yozgan arizasiga köra, tuman hokimining 2019 yil 17 iyundagi №2433-sonli qarori bilan faoliyat körsatib turgan fermerning yerlari uning roziligisiz olib qöyilib, «Kamalak invest» klasteriga qöşib yuborilgan. Bu haqda fermer xöjaligi raisi Davron Ğayimov hikoya qildi.

— Ikki gektar yerda paxtani begona öt bosganini bahona qilib, tuman hokimi yerni mendan tortib olib, «Kamalak invest» klasteriga ötkazib berdi. Men har gektaridan 90 sentnerdan yetiştirilgan ğalla hosilimni ham yiğişga ulgurmadim. Töğri, qilgan xarajatlarimni qoplab berişdi. Biroq ğalladan köriladigan daromaddan ayrildim, işçilarimga maoş va ğalla bera olmay qoldim.

Bu işda hayratlanarli tomoni şundaki, tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyevning qarori Hukumatning 2013 yil 31 yanvardagi №22-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fermer xöjaligining yer maydonini maqbullaştiriş va uni tugatiş tartibi töğrisida»gi nizom talablariga zid ravişda qabul qilingan. Hukumat qaroriga köra, faoliyat körsatib turgan fermer xöjaligi faqatgina iqtisodiy sud qarori bilangina tugatilişi mumkin.

Yuqorida ta'kidlab ötilganidek, fermer özi ekkan ğalla hosilini yiğiştirib, foyda ololmagan. Fermerlikdagi paxtalar ayni paytda qiyğos oçilib turibdi. Ammo, öroqda yöq, maşoqda yöq, xirmonda hozirlar dastidan dehqonlar dalaga kira olişmayapti. Boz ustiga, fermer xöjaligi işçilariga ham mehnat haqini berolmasdan turibdi.

Fermer D.Ğayimov bu borada Past Darğom tumani prokurori A.Valiyevga murojaat qilganida unga «hokim qarori töğri çiqarilgan», degan javob berilgan.

Şundan söng u yuqoriroq organga murojaat qilgan. Past Darğom tumani hokimining öşa qaroriga nisbatan Samarqand viloyat prokuraturasining — viloyat prokurori örinbosari S.X.Usmonov imzosi bilan protesti keltirilgan.