2019-2020 yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan 2019-2020 yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi.

Dasturga muvofiq sanoat ishlab chiqarish hajmlari 1,7 baravarga, eksport 1,4 baravarga oshadi hamda 49 000 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Bundan oldin, Toshkent viloyatining uchta tumanida yer maydonlari yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilishi xabar qilingandi