Fransiya rahbariyati sobiq prezident Jak Şirak vafoti munosabati bilan 30 sentyabrni umummilliy motam kuni deb e'lon qildi. Şu kuni Parijdagi Sen-Syulpis çerkovida motam marosimi bölib ötadi. 29 sentyabrgaça odamlar Yelisey saroyida qöyilgan motam kitobida öz ta'ziyalarini qoldirişlari mumkin böladi.  

Jak Şirak 26 sentyabrda 87 yoşida vafot etdi. U 1995-2007 yillar davomida Fransiya prezidenti bölgan. Bungaça Şirak qişloq xöjaligi vaziri, boş vazir va Parij meri sifatida faoliyat yuritgan. Oxirgi 3 yil u rasmiy marosimlarda iştirok etmagan. 

Motam munosabati bilan butun Fransiya böylab milliy bayroqlar tuşirilib, bir daqiqalik sukut ötkaziladi.