25 sentyabrda Özbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya Tojikistonga rasmiy taşrif bilan keldi.
Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati boşliği Orif Nozimiyonning aytişiça, Özbekiston mudofaa vaziri Tojikistonning 28 yillik mustaqilligi davrida ilk bor Tojikistonga rasmiy taşrif bilan kelgan.
Özbekiston delegatsiyasini Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo kuzatib borgan.
Ma'lum qilinişiça, Qurbonov mudofaa vazirligining harbiy instituti aviatsiya fakultetiga taşrif buyurgan. Taşrif vaqtida harbiy institut 2004 yilda taşkil etilgani qayd qilib ötilgan.
Aviatsiya fakultetida 7 ta mutaxassislik böyiça ta'lim berilib. asosan harbiy aviatsiya uçun mutaxassislar tayyorlanadi.
Şuningdek, Özbekiston mudofaa vaziri bir kunlik taşrif vaqtida Alişer Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat boği va Tojikiston milliy muzeyiga taşrif buyurgan.
Mustaqillik yillari davomida ilk bor 2018 yilda Tojikistonning Söğd viloyatida Tojikiston va Özbekiston örtasida harbiy-texnik maşğulotlar ötkazilgan.
Joriy yilda esa harbiy maşğulotlar Özbekiston hududida ötkaziladi.

















