Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyuşmasi (IAAF) kongressi uyuşma nomi va logotipi özgarişini tasdiqladi.

Qatar poytaxti Dohada yengil atletika böyiça 27 sentyabrdan 6 oktyabrgaça ötadigan jahon çempionatidan keyin taşkilot yangi WA - World Athletics nomi bilan faoliyat yuritadi.  

“Men özimni taniganimdan, 2003 yilda IAAF kengaşi a'zosi bölganimdan beri mendan qaysi taşkilotda işlaşimni söraşganda menga har safar bu nimaligini tuşuntiriş uçun 3-4 daqiqa ketardi. Yangi brend ustida puxta iş olib borildi. Yangi brend hali qöllanmayotganiga qaramay, IAAF’dan köra ança taniqliroq bölmoqda”, deb aytgan IAAF prezidenti Sebastyan Kou.

Uyuşma logotipi dizayni uçta asosiy elementdan taşkil topgan: W – tinçlik, şuningdek, ğalabani nişonlayotgan sportçi qölini; A – yengil atletika, yugurişga tayyorlanayotgan sportçini ifodalaydi, elementlar ustidagi yoy esa yengil atletikaning birlaşgan hamjamiyatini bildiradi. Logotipda doimo olğa intilişni ifodalaydigan yuguriş yölakçasi ham bor.

Taşkilotning rebrending jarayoni 2018 yil yanvarda boşlangan. U bilan birga IAAF’ning 100 yildan köproq vaqt mavjud bölgan logotipi özgargan.