Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tugatish jarayoni soddalashtiriladi
Joriy yilning 27 sentabr kuni “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etildi.
Mazkur qonunda tadbirkorlik sub'yektlarini tugatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etishi, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik sub'yektlarining Yagona davlat reyestridan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi, harakatsiz rejimiga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni tadbirkorlik sub'yektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarilishi belgilanmoqda.
Fraksiya a'zolari ta'kidlaganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi, eng avvalo, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tugatish jarayonlarini tartib va taomillarini yanada soddalashtirish va shaffofligini oshiradi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026