Özbekistonda har yili 1 oktabr sanasi Öqituvçi va murabbiylar kuni sifatida keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan, Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakat öqituvçi va murabbiylariga tabrik yölladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, ta'lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barça pedagog xodimlarni Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Uşbu qutluğ ayyomda barçamiz bizga ilm örgatgan, hayot saboğini bergan jonkuyar, fidoyi öqituvçi va domlalarimizga çuqur hurmat bajo keltirib, çin dildan ta'zim qilamiz.

Haqiqatan ham, özining köz nuri, qalb qöri, butun borliğini yoş avlod tarbiyasiga baxş etadigan öqituvçi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, uluğ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini örgating”, degan sözlari beixtiyor yodimizga tuşadi.

Çindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuçayib boradigan, öta murakkab bir davrda yaşaydigan bolalarimizni kelajakka tayyorlab, soğlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkaziş ta'lim-tarbiya sohasi, öqituvçi mehnatining tub mohiyatini taşkil etadi.

Ana şu ötkir haqiqatni hisobga olib, biz ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yönalişi darajasiga kötardik. 

Ötgan qisqa davrda maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, maktab ta'limida 11 yillik tizimga ötiş, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallaştiriş, nodavlat ta'lim xizmati körsatiş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşirdik. 

Bugungi kunda sizlarning, butun el-yurtimizning qizğin qöllab-quvvatlaşi bilan maktab ta'limini rivojlantiriş umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanib bormoqda.

Buyuk allomalarimiz, atoqli şoir va adiblarimiz nomi bilan ataladigan ijod va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maktablar, “Temurbeklar maktablari”, Prezident maktablari kabi mutlaqo yangi namunadagi zamonaviy va innovatsion ta'lim maskanlari ayni şu maqsadga xizmat qiladi.