Ta'kidlanishicha, 200ga yaqin delfin o‘zini qirg‘oqqa otgan.

Plyajdagi odamlar delfinlarni suvga qaytarishga uringanlar, biroq ko‘p holatlarda ularning urinishlari besamar ketgan.

Suvga qaytarilgan delfinlar yana qirg‘oqqa otilgan. Oqibatda 136ta jonivor nobud bo‘lgan.

Mamlakat rasmiylari olimlardan dengiz jonzotlarining bunday g‘ayrioddiy harakatlari sababini tushuntirishni so‘ragan.