Bugun, 30 sentabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statistika qömitasi tomonidan «Aholi turmuş darajasini baholaşda tanlanma kuzatuvlarning örni» mavzusida jurnalistlar iştirokida anjuman ötkazildi. Unda respublika böyiça ötkaziladigan uy xöjaliklari kuzatuvining natijalari, jumladan, aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli, ta'minlanganlik darajasi, yaşaş şaroitlari va boşqa indikatorlar e'lon qilindi.

Davlat statistika qömitasi boşqarma boşliği Jahongir Yöldoşev uy xöjaliklari kuzatuv jarayoni natijalarini ma'lum qildi.

«Uy xöjaliklari kuzatuvi respublikaning barça hududlarida bir yilda jami 10 mingta xonadonda tanlanma usulda ötkaziladi. Har oyda 834ta xonadonda örganiş obekti sifatida olinadi. Ulardan axborot olişda bizga quyi boşqaruv organlari (mahalla fuqarolar yiğini) yaqindan yordam berişadi. 2018 yilda respublika aholisining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanişiga e'tibor qaratiladigan bölsa, 100ta uy xöjaligida televizorlar – 155ta, elektr çangyutgiçlar – 55ta, yengil avtomobillar – 44ta, konditsionerlar – 35ta, uyali aloqa vositalari – 262ta töğri kelişi kuzatilgan. Şuningdek, uy xöjaliklarining şaxsiy uy yoki kvartira bilan ta'minlanganlik darajasi 98 foizni taşkil etdi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yöldoşevning qöşimça qilişiça, 2018 yilda uy xöjaliklarining Internet tarmoğiga ulaniş imkoniyati 80,9 foizga teng böldi. Internetdan foydalanuvçi 10 yoş va undan katta şaxslarning uluşi 55,2 foizni, ulardan erkaklar 60,4 foizni, ayollar esa 50,2 foizni taşkil etadi.