«Toshshahartransxizmat» avtobuslarning paxta mavsumiga jalb etilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
Qator ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtosaroylarning avtobuslari paxta mavsumiga jalb etilgani, buning natijasida yo‘nalishlarda avtobuslar yetishmay qolishi, tirbandliklar yuzaga kelishi va boshqa xabarlar tarqadi.
"Toshshahartransxizmat" xabarida aytilishicha, avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlarning tasdiqlangan hujjatlariga ko‘ra shanba va yakshanba kunlari harakat jadvallari soni ish kunlariga nisbatan kam etib belgilanadi.
“Shu sababli, avtobuslardan samarali foydalanish maqsadida kelib tushgan buyurtmaga binoan, joriy yilning 28 avgust shanba kuni shartnoma asosida avtobuslar xizmat ko‘rsatish uchun ajratildi. Avtobuslar shu kunning o‘zida korxonalarga qaytgan hamda yakshanba va dushanba kunlari jadval bo‘yicha yo‘nalishlarga chiqarildi.
Shu o‘rinda yana bir bor ta'kidlashni istardik. Tarqalayotgan turli tasdiqlanmagan xabar va ma'lumotlar jamoatchilikda noto‘g‘ri fikr uyg‘otish bilan birga jamiyat faoliyatiga ham o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazadi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy tarmoq hamda ommaviy axborot vositalari vakillari "Toshshahartransxizmat" AJ faoliyati haqidagi ma'lumot va xabarlarni jamiyat manbalari asosida e'lon qilsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
23:06 / 11.11.2024