Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi haqida rasmiy ma'lumot berildi
2019 yil 1-3 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Federal Majlis Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026