Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida mavsumning eng yirik hisobi qayd etib bo‘lindi. «Tottenhem» va «Bavariya» uchrashuvida muxlislar jami 9ta golga guvoh bo‘lishdi. Lekin Londondagi o‘yin turnir tarixidagi eng gollarga boy uchrashuv emasdi. Bir o‘yinda 9 gol urilishi rekord natijaning yaqiniga yo‘lay olgan, xolos. Quyida muxlislar turnirning kuzgi o‘yinlarida qanday yirik hisoblarga guvoh bo‘lishgani haqida keltiriladi.

2011 yil. «Dinamo» Z – «Lion» – 1:7
«Lion» o‘shanda pley-off bosqichiga chiqishi uchun Zagrebda juda yirik hisobda g‘alaba qozonishi talab etilardi. O‘shanda fransuzlar o‘z vazifalarini bajarishgandi, holbuki 45-daqiqaga kelib «Dinamo» 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Keyin Bafetimbi Gomes poker qayd etadi. Bu o‘yin natijasi barchada shubha uyg‘otadi, ammo UYeFAning o‘sha vaqtdagi prezidenti, fransiyalik Mishel Platini bu o‘yin kelishilgan o‘yin bo‘lmaganini ma'lum qiladi.

2014 yil. «Roma» – «Bavariya» – 1:7
«Bavariya» YeChLning guruh bosqichi safar o‘yinlarida avval ham 7ta gol urgan. Besh yil muqaddam myunxenliklar «Roma»ni yanada yirikroq hisobda yengishgandi. O‘sha o‘yinning 36-daqiqasiga kelib Aren Robben dubl rasmiylashtirgan, Mario Gyotse, Robert Levandovski va Tomas Myuller bittadan gol urishga ulgurgandi. Rimlik muxlislar tom ma'noda yerga urilishadi. Ikkinchi bo‘limda Frank Riberi va Sherdan Shakiri yana bittadan gol urishadi.

2015 yil. «Bayyer» – «Roma» – 4:4
Bunday gollarga boy uchrashuv durang natija bilan yakunlangan yagona holat. Bu uchrashuvda ham «Roma» ishtirok etgan, ammo nemislarning bu jamoasiga qarshi rimliklar Leverkuzenda 4:4 hisobidagi durang natijaga erishishgandi. Holbuki, o‘sha o‘yinning 19-daqiqasida maydon egalari Xaver Ernandesning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi. Keyin «Roma» 44 daqiqa ichida 4ta gol uradi. Bu gollarning ikkitasi Daniel De Rossi hisobiga yoziladi. Lekin o‘yin yakunida Rodjyer Shmidt boshqaruvidagi «Bayyer» mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi.

2015 yil. «Real» – «Malmyo» – 8:0
Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema o‘shanda «Santyago Bernabeu»da istaganini qilishgandi. Portugaliyalik futbolchi shvedlar darvozasiga poker qayd etgan, fransuz esa het-trik bilan kifoyalangandi. Yana bir gol Mateo Kovachich tomonidan urilgandi. Qolaversa, Ronaldu o‘z statistikasiga beshinchi golli harakatni yozib qo‘ygan – golli uzatmani amalga oshirgandi.

2019 yil. «Red Bull Zalsburg» – «Genk» – 6:2