Toşkentdagi mehmonxonalarda böş joy topilmasligi tufayli Senatning yalpi majlislari oldidan senatorlarda yaşaş joyi masalasida muammo tuğilmoqda. Bu haqda parlament yuqori palatasining qömita raisi Alişer Kurmanov ma'lum qildi.
«Bizdagi holat absurd: 10 kundan keyin Senat yiğilişi böladi, biz esa senatorlarni qayerga joylaştirişni bilmaymiz. Mehmonxonalarda joy yöq», – dedi u.
Kurmanov bu haqda çorşanba kuni, Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyalar Kengaşi örtasidagi hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyaning Toşkentda ötgan yiğilişida aytib ötdi.
U öz sözida bu yil Özbekistonga turistlar oqimi sezilarli darajada ösganini eslab ötdi.
«Ösiş bundan ham kattaroq bölişi mumkin edi, ammo muammo şundaki, bizda mehmonxonalar, samolyotlar, poyezdlar va çegaralar sayyohlarning ulkan oqimiga bardoş bera olmaydi», deb izoh berdi Alişer Kurmanov.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ma'lumotiga köra, 2019 yilning 8 oyi davomida Özbekistonga 4,3 mln xorijlik sayyoh kelgan. Bu – ötgan yilning mos davriga (3,4 mln) nisbatan 26,7 foizga köproq demakdir. Natijada turistik xizmatlar eksporti 854,5 mln dollarni taşkil qilgan (ösiş – 28 foiz).
Turizm qömitasi yil oxiriga qadar Özbekistonga keluvçi sayyohlar soni 6,5 million kişiga yetişini prognoz qilgan. Bu – 2018 yilga nisbatan 15 foizga yuqori körsatkiçdir.

















