Sönggi kunlarda virtual olamda eng köp muhokama qilinayotgan mavzulardan biri içki işlar xodimlarining paxta yiğim-terimiga jalb qilinişi va ularning noroziliklari aks etgan videolavhalar böldi. Muhokamalarda har doimgidek turli-tuman fikrlar bildirildi.

Videolavhalarning barçasi mazmunan bir xil. Ulardan birida saf tortib turgan içki işlar xodimlariga yuqori martabali şaxs paxtaga safarbarlik e'lon qiladi. Odatda buyruqlarni jim turib eşitadigan va sözsiz amal qiladigan içki işlar xodimlari e'tiroz bildira boşlaydilar (ta'kidlaş joiz, ayrim ovozlar lavhaga montaj qilingani haqida ham taxmin mavjud, ammo bu böyiça ekspertiza ötkazilmagan, rasmiy xulosa bildirilmagan).

Ikkinçisida tor yölakda köplab xodimlarning ğala-ğovur qilib yurişgani, navbati bilan paxtaga jönatişdan norozilik bildirişlarini köriş mumkin.

Uçinçi videolavhada esa vazirlikning malaka oşiriş markazi hovlisidagi çim ustida töplanib olgan içki işlar xodimlari majburiy mehnatga barham berişni söraşadi, paxtaga borişga tayyor emasliklari, ularning maoşidan 800 ming söm ovqat puli uşlab qolinayotgani, qişgaça terimda yuriş talab qilinayotgani haqida sözlaşadi.

Ta'kidlaş joiz, bu videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgan, ammo izoh qoldiruvçilarning aksariyati içki işlar xodimlarining bu noroziliklarini qoralagan. Aksariyat fikr bildiruvçilar uzoq yillar davomida şifokorlar, öqituvçilar va budjetning boşqa vakillari paxta terimiga jalb qilinganlarida indamay yurgan, aksinça, nazoratçi vazifasini ötab bergan içki işlar xodimlarining özlari endi bunday talab oldida e'tiroz bildirayotganlarini qabul qila olişmagan.

Qonunçilik nuqtai-nazaridan bu xodimlarning talabi töğriligiga şubha yöq. Özbekistonda sönggi yillarda majburiy mehnatga qarşi keskin kuraş ketmoqda. Ayniqsa, paxta yiğim terimi davrida budjet xodimlarini jalb qilmaslik böyiça qator qarorlar qabul qilingan.  

Bugun, 3 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi masala böyiça rasmiy bayonot berdi