Bugun, 3 oktabr kuni, «Poytaxt» biznes markazida «Özbekistonning yangilangan saylov qonunçiligi – demokratik saylovlar ötkazişning asosi» mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi. Unda Qonunçilik palatasi deputatlari, senatorlar, Markaziy saylov komissiyasi, YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi vakillari iştirok etişdi. Konferensiyada saylovoldi va saylov jarayonini yoritişda OAVning örni, ayniqsa, partiya naşrlarining faoliyati haqida ham alohida masala muhokama etildi. Davra suhbatiga boşçilik qilgan Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Şerzodxon Qudratxöjayev saylov jarayonidagi ayovsiz kuraşlar, soğlom raqobat, OAVning roli töğrisida fikr bildirdi. 

«Hozir köpçilikning fikrini eşitdim: saylov çoğida partiyalar madaniyat doirasida, bir-birini hurmat qilgan holda harakatlanişi kerak. Boşqaça aytganda, ular özini ma'lum qolipga solişi lozim. Keçirasiz-u, gap xalq taqdiri, ertangi kuni, iqtisodiy rivojlanişi haqida ketar ekan, blogerlar ijtimoiy tarmoqlarni «yondirayotgan» paytda qanday madaniyat haqida gapiriş mumkin? Mayli, partiyalar örtasida tortişuv, bahslarlar bölsin. Haqoratlar bölsa, sud oldida javob bersin. Siyosiy partiyalar oqsuyak ayollarni tayyorlaydigan institut bölmasligi kerak. Saylov çoğida madaniyatni unutib turaylik. Demokratik tamoyillar asosida ötadigan siyosiy kuraşda nomzodlar va keng jamoatçilik (saylovçilar) yeng şimarib astoydil faol bölişi talab etiladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, Qudratxöjayev partiyalar naşrlari öz nomzodlarini piar qilişda birmunça oqsoqlikka yöl qöyişayotganini tanqid qildi, partiyalar gazetalari yanada faol bölişi kerakligi haqida gapirdi. Partiyalar faqat bosma naşrlardan emas, balki taşviqotning boşqa vositalari, jumladan, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari, internet naşrlardan maksimal darajada foydalanişlari lozimligi ta'kidlandi.