Sport | 11:00 / 04.10.2019
18577
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Coca-Cola Superliga: Chempion aniqlandi. Oldinda Kubok finali

«Paxtakor» futbol klubi 2015 yildan buyon ilk bor yana Superliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Turnir «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd.» ko‘magida o‘tkazildi va muddatidan avval chempion nomi aniqlandi. Poytaxtda chempionni taqdirlash va jamoa futbolchilariga kubokni topshirish marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi futbol bahslari hali mavsum boshlanmasdan, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum titul homiysi kim bo‘lishi haqida qaror qabul qilayotganda boshlandi deyish mumkin.

Coca-Cola’ning katta masshtabdagi ko‘magi bilan bu yilgi chempionat uchrashuvlari va chempion nomi uchun kurash haqiqiy sportcha atmosfera va yorqin kurashlar ostida kechdi.

Chempionatning 20-turida «Paxtakor» safarda «Metallurg»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va ochkolari sonini 56taga yetkazib, muddatidan oldin chempionga aylandi. Toshkentning «Lokomotiv» klubi 37 ochko hisobi bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 34 ochkoga ega «Bunyodkor» klubi to‘ldirdi.

«Paxtakor» futbol klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze uchun «Paxtakor» tomonidan qo‘lga kiritilgan chempionlik O‘zbekistondagi faoliyati davomidagi ilk sovrindir. O‘tgan mavsumda jamoa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, kubok finalida mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu mavsumda esa klub «Oltin dubl»ni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatga ega.

«Paxtakor» futbol klubi 2015 yildan buyon ilk bor yana O‘zbekiston chempioni degan nomga erishdi. Ushbu g‘alaba murabbiylar shtabi, hamda futbolchilarning inoq va do‘stona munosabatlari, jamoaning ajoyib va tinimsiz mehnati mahsulidir. «Ushbu g‘alaba bilan klubning barcha a'zolari va muxlislarini tabriklayman», - deydi o‘z tabriknomasida FIFA Prezidenti.

Professional Futbol Ligasi o‘z navbatida, Coca-Cola xalqaro brendi ko‘magi tufayli liga bahslari saviyasi ancha yuqorilaganini ta'kidladi. Ushbu hamkorlik, keyingi g‘alabalar va jahon miqyosida ham yutuqlarga erishish hamda O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirish uchun katta turtki deyish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola shuningdek, mamlakat futbolidagi ikkinchi katta turnir – O‘zbekiston kubogi bahslarining ham titul homiysidir. Ushbu turnir g‘olibi esa, yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan final bahsida aniqlanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid