Bu yil bitiruvçi kurs talabasiman. Öqişni tamomlab, qaysi yölni tanlasam ekan: magistraturada tahsil olganim yaxşimi yoki bakalavr diplomi yetarmikin? Işga joylaşayotganda bu ikki darajaga ahamiyat beriladimi? Orangizda men kabi «boşi qotganlar» köpçilikni taşkil etişiga işonçim komil. Magistratura ta'limi karera ösişiga ijobiy ta'sir körsatadimi? Özi aslida, magistraturaning maqsadi nima? Mehnat bozorida qay biriga talab har qaçongidan yuqori? Bu bosqiç rostdan ham bizga kerakmi yoki ikki yillik umrni band qiliş uçun joriy etilganmi? Uşbu maqola orqali masalaga ilmiy va amaliy jihatdan baho berişga harakat qilib köramiz.
«Magistr va bakalavrlarning mehnat maqomini tegişli qonunlar bilan belgilab oliş zarur»
Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori:
— Magistraturaga tanlov juda kam. Ötgan yili Samarqand davlat universitetiga bitta bakalavr örniga 10 nafar abituriyent töğri kelgan bölsa, magistraturada atigi 2tani taşkil qildi. Bunga sabab bakalavr va magistrning mehnat maqomi aniq belgilanmaganidir. 20 yil muqaddam oliy ta'limning ikki bosqiçli tizimini qabul qilganmiz-u, ammo bu ikki tur diplom sohiblarining egallaşi mumkin bölgan lavozimlari yoki maoşlari farqini tasdiqlamaganmiz (oliy ta'lim bundan mustasno). Şuning uçun magistraturada öqişga qiziqiş qolmagan, obrösi past. Barça sohalarda asosiy vazifalar magistrlarga berilsa, uning maqomini yuqoriga kötara olsakkina, sifatli kadrga ega bölamiz. Umumkasbiy ma'lumotgagina ega bakalavrlar va umumilmiy ma'lumotga ega magistr mutaxassislar bilan iste'molçilar talab va ehtiyojini qondirolmaymiz. Magistrlarni tayyorlaşning amaldagi maqomi sifatli mutaxassisni bera olmayapti. Magistr va bakalavr diplomi sohiblarining mehnat maqomini ham tegişli qonunlar bilan belgilab oliş zarur. Uşbu ta'lim turining özimizga munosib modelini qabul qilmasdan turib, ta'lim-tarbiyaning barça bosqiçlarida qöyilgan maqsadga erişiş muşkul. Afsuski, şu paytgaça oliy ta'limning bu bosqiçining asl mohiyatiga munosib ahamiyat bermay, unga yengil-yelpi qarab kelinmoqda.
«Yuqori lavozimlarda işlaş uçun magistraturada öqiş lozim, degan notöğri qaraş şakllangan»
Firdavs Saidov (OTM öqituvçisi)
— Bizda magistraturaga nisbatan notöğri qaraşlar şakllangan. Birinçidan, aksariyat odamlarimiz magistraturada öqisamgina töliq oliy ma'lumotli şaxs bölaman, deb öylaşadi. Ikkinçidan, magistraturada öqimasam karera qilolmayman, deydi. Oddiy qilib aytganda, yuqori lavozimlarda işlaş uçun magistraturada öqiş lozim, deb hisoblanadi. Aslida, magistratura – bu ilm ekanligini tuşunib yetişimiz kerak. Ilmiy izlanişlar qiliş, öz sohasi böyiça tadqiqotlar olib boriş va natijada uşbu olgan ilmini oliy ta'limda amaliyotga joriy etiş bu bosqiçning asosiy maqsadi va vazifasi bölişi kerak.

















