Oliy Majlis Qonunçilik palatasi saytida deputat Yormamat Xoliyorovning “Toşkent metropoliteni jyetonlardan qaçon voz keçadi?” sarlavhali maqolasi e'lon qilingan edi.

Maqolada barça sohada keçayotgan yangilanişlar, zamonaviylik Toşkent metropolitenini çetlab ötayotgani, bugun butun dunyoda elektron tölovlar tizimi keng qöllanilayotgani, hattoki, mobil smartfonlarga örnatiladigan dasturlar orqali NFC tölov tizimlari joriy etilayotganini keltirib, Toşkent metropolitenida esa, hali-hanuz jyetonlardan foydalanilayotgani, bu kabi masalalarga yetarliça e'tibor qaratilmayotgani, eskiça qaraşlardan voz keça olinmayotgani haqidagi masala kötarilgandi.

“Maqola e'lon qilingaç, uşbu masala jamoatçilik örtasida keng muhokama keltirib çiqardi. Mutasaddi vazirlik va idoralar ğimirlab qoldi. Hatto mazkur masalaga Hukumat ham e'tibor qaratgani diqqatga molik.

Buni maqola muallifi bölgan deputat nomiga “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati “Toşkent metropoliteni” unitar korxonasi rahbariyatidan kelgan javob xatidan ham biliş mumkin. Maktubda uşbu masalani Boş vazir öz nazoratiga olgani va taalluqli bölgan vazirliklarga topşiriqlar berilib, işçi guruhi tuzilgani, işçi guruh zimmasiga Yevropaning yetakçi mamlakatlari transport tarmoqlarida amal qilayotgan elektron tölov tizim joriy etiş böyiça amaliy taklif kiritiş yuklatilgani hamda bu borada amaliy harakatlari boşlangani bayon qilingan”, - deyiladi Qonunçilik palatasi saytida.

Şuningdek, xatda keltirilişiça, hozirgi paytda Toşkent metropolitenining Xalqlar döstligi va Oybek bekatlarida tajriba asosida pul tölov kartalari orqali yölkira haqini tölaşni amalga oşiriş imkonini yaratuvçi tizim muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan.

Joriy yilning sentabr oyining örtasidan boşlab tasdiqlangan reja asosida Toşkent metropolitenining Çilonzor yönalişining Olmazor, Çilonzor, Mirzo Uluğbek, Paxtakor, Buyuk ipak yöli bekatlarida, Özbekiston yönalişining Döstlik, Toşkent, Özbekiston, Alişer Navoiy, Çorsu, Beruniy bekatlarida va Yunusobod yönalişining barça bekatlariga pul tölov kartalari orqali yölkira haqini tölaşni amalga oşiriş imkonini yaratuvçi tizim örnatilib, bosqiçma-bosqiç işga tuşirilayotgani aytiladi.