Bugun Özbekiston Moliya vazirligida quyoş energetikasiga davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) investitsiyalarini jalb qiliş böyiça mamlakat tarixidagi birinçi oçiq tender ğolibini e'lon qiliş yakunlari böyiça matbuot anjumani bölib ötdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. BAAning Masdar Clean Energy kompaniyasi tender ğolibi deb e'lon qilindi. Uşbu kompaniya quyoş energiyasini kilovatt-soatini atigi 2,679 sentga yetkazib beriş taklifi bilan çiqdi, bu rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflardan biridir.

Jahon banki guruhining Scaling Solar dasturi doirasida DXŞ loyihasining amalga oşirilişi mamlakat energetika balansiga 100 MVt qayta tiklanadigan sof energiya qöşilişini ta'minlaydi.

Uşbu loyiha Özbekiston hukumatining mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qiliş maqsadida 2030 yilga kelib 5 gigavattgaça quyoş energiyasi işlab çiqarişga yönaltirilgan sa'y-harakatlarining bir qismidir.

Matbuot anjumanida boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov birinçi tenderning muvaffaqiyatli natijalarini inobatga olgan holda, Özbekiston hukumati yaqin vaqtda qöşimça 400 MVt quyoş energiyasi uçun DXŞ böyiça yana bir tender va undan keyin 500 MVt uçun tender ötkazilişini e'lon qildi. 

"Pilot loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirilgandan söng, Özbekistonda zarur tajriba töplangan va quyoş energiyasini rivojlantiriş dasturining navbatdagi bosqiçini tezda boşlaş uçun kadrlar salohiyati yaratilgan", dedi DXŞni rivojlantiriş agentligi rahbari Ğolib Xoljigitov. - Özbekiston iqtisodiyoti jadal sur'atlar bilan ösib bormoqda va 2030 yilga kelib energiyaga talab 50 foizga oşişi kutilmoqda, şuning uçun qayta tiklanadigan energiya manbalari uning muhim qismini taşkil qilişi muhim hisoblanadi".

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) kelişuvlar böyiça maslahatçi sifatida Özbekistonga DXŞ tenderini işlab çiqiş va ötkazişda yordam berdi, dastlabki kvalifikatsiyadan ötgan 11 ta talabgor jalb etildi, natijada 5 ta tanlov zayavkasi kelib tuşdi. Xususiy sarmoyadorlarning ortib borayotgan qiziqişi energetika sohasi an'anaviy ravişda davlat tomonidan nazorat qilinadigan mamlakatda yangi ufqlarni oçadi.

"Biz mamlakatdagi birinçi oçiq davlat-xususiy şeriklik tenderi orqali Özbekistonda quyoş energetikasi uçun yangi bozorlarni oçayotganimizdan faxrlanamiz", dedi Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça IFC direktori Vibke Şlyomer. - Uşbu DXŞ loyihasining muvaffaqiyati kelgusida xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyotida iştirok etişiga zamin yaratadi va jahon investitsiyaviy hamjamiyatiga ijobiy signal yöllaydi".