BAA Pokistonda 5 mlrd dollarlik neftni qayta ishlovchi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BAAning Islomoboddagi elchisi Hamad Ubayd Ibrohim Salim az-Za'biy Arab News nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, zavod BAAning Pokiston neft sohasiga kiritgan eng katta investitsiyasi bo‘ladi. Zavod Balujiston viloyatidagi Xub shahrida Mubadala Petroleum tomonidan pokiston-arab qo‘shma korxonasi va Avstraliyaning OMV kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilmoqchi.

Zavod kuniga 250-300 ming barrel neftni qayta ishlaydi.