Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga köra, 2019 yil 31 may kuni Aşxobod şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlari bojxona organlarining intellektual mulk obektlariga bölgan huquqlarni himoya qiliş sohasida özaro hamkorligi töğrisidagi bitim tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi yuqorida körsatilgan xalqaro şartnomani amalga oşiriş yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirişi uçun Özbekiston Respublikasi tomonidan zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli organ haqidagi tegişli bildirişnomani depozitariyga yuboradi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Şuningdek, prezident imzolagan yana bir qarorga köra, 2019 yil 1 avgust kuni Minsk şahrida imzolangan Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati örtasida mintaqalararo hamkorlik töğrisidagi bitim tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirişi uçun Özbekiston Respublikasi tomonidan zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegişli bildirişnomani Belarus tomoniga yuboradi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.