Iroqda tört kun davomidagi norozilik namoyişlarida qurbon bölganlar soni 100 kişiga yetdi. Bu haqda huquq himoyaçilariga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Avvalroq Reuters agentligi 72 kişi halok bölgani haqida xabar bergan edi.
Telekanalning xabariga, Bağdodda bölib ötgan norozilik namoyişlari davomida 3 mingdan ortiq kişi jarohat olgan. 540 kişi hibsga olingan, ulardan 200 nafari hibsda saqlanmoqda.
Avvalroq, rasmiylar payşanba oqşomida Bağdodda, şuningdek, An-Nosiriya, Al-Xilla va Al-Amara şaharlarida joriy etilgan komendantlik soatlari bekor qilinişini e'lon qilgandi. Bağdod köçalarida transport harakati tiklandi. Respublika qurolli kuçlari qöşma operatsiyalar qömondonligining bildirişiça, Iroqdagi vaziyat töliq nazorat ostida.
Iroqda 1 oktabr kuni qaşşoqlik, işsizlik va korrupsiyaga qarşi norozilik namoyişlari boşlandi. Bağdod va boşqa şaharlar köçalariga çiqqan aholi hukumatning iste'fosini talab qildi. Ayrim joylarda, jumladan poytaxtda tinç boşlangan namoyişlar tartibsizliklarga va xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşuvlarga aylandi. Ta'kidlanişiça, radikal şia imomi Muqtado as-Sadr parlamentni iste'foga çiqişga va xalqaro kuzatuvçilar nazorati ostida muddatidan oldin saylovlar ötkazişga çaqirgan.

















