Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hamda har bir tuman va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzuridagi Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Tadbirkorlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;

Tadbirkorlar kengashlari o‘z faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va tegishlicha Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari mudiri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar hokimi bilan birgalikda tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi;

Tadbirkorlar kengashi a'zoligiga, qoida tariqasida, faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari qabul qilinadi.

Quyidagilar Tadbirkorlar kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish;

Agentlik, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish;

tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha Agentlik, jamoatchilik kengashlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish;