Özbekiston muayyan muddat taşqi aloqalardan çekinib qolgan edi, dedi Tojikiston parlamenti quyi palatasi raisi Şukurjon Zuhurov özbekistonlik hamkasbi Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuvda.
Özbekiston va Tojikiston parlamentlari quyi palatalari rahbarlari duşanba kuni Toşkentda muloqot ötkazdi. Unda Tojikiston tomoni Özbekistonning taşqi siyosatdagi ijobiy faollaşuvini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
«Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlar ma'lum muddat töxtab qolgan edi. Bu pauzaga nuqta qöyilgani har ikki mamlakat uçun manfaatli böldi.
Yöqotilgan muddatning örnini töldiriş, uzilib qolgan riştalarni avvalgidan ham mustahkamroq boğlaş – umumiy maqsaddir. Bunda hukumat organlari bilan bir qatorda xalq vakillarining ham doimiy muloqotini yölga qöyiş, parlament vakillarining özaro taşriflarini amalga oşiriş muhim hisoblanadi.
Özbekiston muayyan muddat taşqi aloqalardan çekinib qoldi. Özbekistonning bu yöqotişni tiklaşi, ijobiy faollaşuvini Tojikiston qöllab-quvvatlaydi», – degan Zuhurovning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Muloqot çoğida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov mehmon delegatsiya vakillariga Özbekiston parlamentining bugungi faoliyati haqida ma'lumot berdi.
«Özbekistonda joriy yilgi saylovlar mutlaqo boşqaça ruhda bölib ötişi kutilmoqda. Bu gal partiyalar sonining beş nafar ekanligi, saylov töğrisidagi yangi kodeks asosida iş olib borilişi buning asosiy omillaridir.
Özbekiston parlamenti respublikadagi nodavlat taşkilotlarning faoliyatini qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratmoqda. Buning uçun davlat budjeti mablaği asosida fond taşkil qilingan bölib, fondni parlament komissiyasi boşqaradi. Tanlovlar, subsidiyalar asosida nodavlat taşkilotlar özining jamoatçilik, ijtimoiy vazifalarini tölaqonli bajarişi ta'minlanadi.
Parlamentning boşqa davlatlar qonunçilik organlari bilan hamkorligini nazarda tutuvçi 28ta döstlik guruhi tuzilgan. Bu guruhlarning faoliyati hali talabga töla javob bermaydi, ammo taşqi aloqalarni faollaştiriş, bu borada vujudga kelib qolgan böşliqni töldiriş, xalqaro aloqalarda parlamentning rolini oşiriş maqsadida qattiq işlanmoqda», – dedi Ismoilov.





















