Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvçi maqomiga ega bölişi masalasi kelasi yil hal qilinişi mumkin. Bu haqda senatorlarning Toşkentga taşrifidan söng Rossiya Federatsiyalar kengaşining Xalqaro işlar böyiça qömitasi raisi örinbosari Farit Muxametşin xabar berdi, deb yozmoqda Interfax.
«Suhbatlardan tuşunişimizça, yakuniy tarzda, katta ehtimol bilan, kelasi yili Özbekiston Yevrosiyo ittifoqining birinçi bosqiçida kuzatuvçi maqomiga ega bölişi borasidagi masala hal etilişi mumkin», - dedi Muxametşin duşanba kuni qömita yiğilişida senatorlarning 1-3 oktabr kunlari Özbekistonga amalga oşirilgan taşrifi haqida gapirib.
Bundan oldin, Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş masalasini körib çiqayotgani haqida ma'lum qilgandi.
«Özbekiston prezidenti bir qarorga kelgan va Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy kengaşiga qöşilişi masalasi körib çiqilmoqda», – dedi Matviyenko Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuv çoğida.
Matviyenkoning qöşimça qilişiça, Özbekistonning YeOII a'zosiga aylanişi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba'zi tösiqlarning bartaraf etilişiga erişiladi.
«Prezidentlarimiz işçi guruh tuziş böyiça kelişib olişgan. Rossiya tomonidan bu işçi guruhga Boş vazirning birinçi örinbosari Siluanov boşçilik qilyapti. Guruh ehtimoliy şartlar, risklar va salbiy oqibatlarning oldini oliş tahlili yuzasidan juda tiğiz va yaxşi tempda iş olib boryapti. Tahlil işlari yil oxiriga qadar yakunlanişi kerak», – deya Matviyenkoning sözlarini keltirgan TASS.
Uning sözlariga köra, YeOIIning barça a'zo davlatlari bu kabi tahliliy baholaş işlarini olib borişyapti, çunki taşkilotga yangi a'zoni qabul qiliş masalasidagi qaror birgalikda qabul qilinadi.
«Özbekiston prezidenti iqtisodiy integratsion birlaşmalarda iştirok etiş – bugungi kunning real voqeligi ekanini tuşunadi. U haq, yakuniy qaror qabul qilişdan oldin a'zo böliş şartlari yuzasidan juda jiddiy tahlil ötkaziş, bu iqtisodiyotga ziyon yetkazmaydimi, iş örinlari soniga ta'sir qilmaydimi kabi şu va boşqa savollarga javob topiş zarur», – deb qayd etdi Valentina Matviyenko.












