Ekvadorning noroziliklar ortidan egallab olingan Petroamazonas davlat kompaniyasiga tegişli uçta neft konida işlarning töxtab qolişi natijasida kunlik yöqotişlar 165 ming barrelni taşkil qiladi. Bu haqda mamlakat Energetika va qayta tiklanmaydigan resurslar vazirligi ma'lum qildi.
"Orelyana va Sukumbios provinsiyalarida joylaşgan va Petroamazonas kompaniyasi tomonidan boşqariladigan uçta neft konida xavfsizlik şaroiti yöqligi sababli iş töliq tiklanmadi. Davlat kompaniyasining hisob-kitoblariga köra, agar iş faoliyati qayta tiklanmasa, işlab çiqarişdagi yöqotişlar kuniga 165 ming barrelga yetadi”, - deyiladi xabarda.
Duşanba kuni kompaniya Petroamazona hukumatga qarşi norozilik namoyişlari paytida begona şaxslar tomonidan egallab olingan uçta konda işlarni töxtatganini ma'lum qilgandi.
Ötgan haftada Ekvador prezidenti Lenin Moreno 3 oktyabrdan boşlab dizel yonilğisi va benzin uçun subsidiyalarni bekor qiliş töğrisidagi farmonga imzo çekdi. Şundan söng narxlar 120 foizga oşib ketdi. Kasaba uyuşmalari vakillari bu qarorga qarşi ekanliklarini va norozilik namoyişlari uyuştirişini bildirişdi. 3 oktabr kuni butun mamlakat böylab transport xodimlari muddatsiz iş taşlaş e'lon qildi. Bundan taşqari, namoyişçilar yirik magistral yöllarni tösib qöyişni boşladi. Ba'zi şaharlarda mitinglar tartibsizliklarga aylandi. Moreno mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi.

















