Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Özbekiston Respublikasining Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksi loyihasi: asosiy yönalişlar va yangiliklar” mavzusida davra suhbati ötkazildi.

Vazirlik xabariga köra, kodeks loyihasida Davlat dasturida belgilangan quyidagi vazifalar öz aksini topgan:

işni körişning protsessual tartibini takomillaştiriş;

protsess iştirokçilarining huquq va majburiyatlarini maqbullaştiriş;

ma'muriy huquqbuzarlikka oid iş yuritiş tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qiliş (elektron bayonnoma, elektron ma'muriy iş va boşqalar);

jabrlanuvçi arizasiga asosan yuritiladigan ma'muriy huquqbuzarliklarga oid işlarni tugatiş tartibini joriy qiliş;

ma'muriy jazo çoralari tizimini liberallaştiriş;

jarima jazosini ixtiyoriy ijro etişni rağbatlantirişning differensial tartibini joriy etiş;

ma'muriy javobgarlikka tortişga vakolatli bölgan organlar va mansabdor şaxslar toifasini maqbullaştiriş.

Bundan taşqari, loyihada bir neçta konseptual özgarişlar taklif etilgan, ular quyidagilardan iborat:

Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeks loyihasida umumhuquqiy va maxsus prinsiplar röyxatini aniqlaştiriş va kengaytiriş;

Ma'muriy huquqbuzarliklar yuzasidan yuridik şaxslar javobgarligini joriy qiliş;

Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksni “Ma'muriy   tartib-taomillar töğrisida”gi qonun bilan muvofiqlaştiriş;  

Ma'muriy javobgarlik va ma'muriy jazodan ozod qiliş.

Özbekiston Respublikasi Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksi loyihasi mutaxassislar takliflari asosida takomillaştiriladi va umumxalq muhokamasiga qöyiladi.

Uşbu Kodeks loyihasi qabul qilingaç, amaldagi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi öz kuçini yöqotadi.