Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktabr kuni Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari bu zavodning qayta tiklanishi haqida o‘tgan yili 29 iyun kuni Olmazor tumani aholisi bilan muloqot chog‘ida aytgan edi.
1952 yilda ishga tushirilgan mazkur chinni zavodida choynak, piyola, kosa, tarelka, lagan, ko‘za kabi milliy uslubdagi buyumlar, suvenirlar tayyorlangan. «Oq oltin», «Tong», «Uzum», «Tovus» kabi to‘plamlar xalqaro ko‘rgazmalarda oltin medallarga sazovor bo‘lgan, ko‘plab mamlakatlarga eksport qilingan. Ammo keyinchalik xususiylashtirilib, ishlab chiqarish to‘xtab qolgan edi.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Foydalanilmayotgan obekt rekonstruksiya qilinib hamda qo‘shimcha binolar qurilib, Xitoyning “Huanggang Huauao Zhongbo Klin Technology Co. Ltd.” kompaniyasi uskunalari o‘rnatildi. 300 ta ish o‘rni yaratildi.
Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Yuz foiz mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Mahsulotlar import o‘rnini to‘ldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.
- Bu zavod O‘zbekistonning faxri, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ilgari respublikamizga mehmon kelsa yoki yurtdoshlarimiz chet elga borsa, shu zavod to‘plamlaridan sovg‘a qilinardi. Endi ushbu yangi korxona undan ham chiroyli, sifatli va qadrli mahsulotlar tayyorlashi kerak.
Mutasaddilar bilan suhbatda zavod faoliyatini kengaytirib, klasterga aylantirish, yanada ko‘p xotin-qizlar va yoshlarni ishga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
- Mamlakatimizda shuncha uylar qurilyapti, odamlarning hayot sifati o‘zgaryapti, - dedi prezident. - Yangi uyga ko‘chgan har bir oila albatta chinni buyumlar sotib oladi. Yubileylar, festivallarga bag‘ishlangan, sovg‘a uchun to‘plamlar ham chiqarish mumkin. Buning uchun dizayn ustida ishlash, bozor talabini o‘rganib, olimlar va texnologlar bilan hamkorlikda zamonaviy mahsulotlar tayyorlash, yangi brendlar yaratish kerak. Masalan, milliy naqshlarimiz, so‘zanalarimiz bu borada katta manba bo‘la oladi.
Davlat rahbari chinni buyumlar muzeyini ko‘zdan kechirdi. Zavodda ishlagan mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.
Shu yerda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Prezident eksportni rivojlantirish, tashqi savdo amaliyotlarini yengillashtirish maqsadida Toshkent shahri uchun zamonaviy multimodal logistika markazi tashkil etish taklifini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

15:38 / 13.02.2025