Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Tramp tahdidlariga javoban AQSh aviabazasini yopish taklif qilindi
Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga javoban Amerikaning Injirlik harbiy aviabazasini yopishi kerak, dedi Turkiyaning Vatan partiyasi yetakchisi Dogu Perinchek.
"Amerikaning tahdidlariga javoban Turkiya bera oladigan eng yaxshi javob bu Damashq bilan hamkorlikni boshlash va zudlik bilan AQSh uchun Injirlik bazasini yopishdir. AQSh o‘zini mamlakatimizga nisbatan dushmandek tutmoqda va u yerda Turkiyani NATOdan chiqarish to‘g‘risidagi ovozlar eshitila boshladi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga 30 ming yuk mashinasida qurol yetkazib bergan.
"Bu Turkiyaga qarshi haqiqiy frontni ochdi va bu yana bir bor AQSh Turkiyani dushman sifatida ko‘rishini ko‘rsatadi ", - deya qo‘shimcha qildi Perinchek.
Avvalroq Tramp o‘zining Twitter sahifasida agar Anqara, uning fikriga ko‘ra, haddidan oshsa, "turk iqtisodiyotini yo‘q qilib yuborish" bilan tahdid qilgan edi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
13:35 / 18.06.2026