Özingizni moliyaviy jihatdan mustaqilman, deb hisoblaşingiz uçun oyiga qança pul topişingiz kerak?

Kun.uz muxbiri Toşkentning beşta tumanida bölib, ayni savol yuzasidan ijtimoiy sörov ötkazdi. Unda mehnatga layoqatli yoşdagi, turli kasb egalari bölgan roppa-rosa 100 kişi qatnaşdi. Ulardan 46 nafari – ayollar.

Ijtimoiy sörov natijalariga köra, Toşkentda yaşayotgan har tört fuqarodan biri oyiga 9-10 mln söm pul topgan taqdirda özini moliyaviy mustaqilman deb hisoblaydi.

Özbekiston poytaxtining 20 foiz aholisi uçun esa moliyaviy mustaqil böliş uçun 5-6 mln söm oylik daromad kifoya qiladi.

Umuman, 100 nafar respondentdan 63 nafari oylik daromadi 5-10 mln söm bölganda özini iqtisodiy jihatdan erkin his etişini bildirdi.

Sörov natijalari quyidagiça:
24 kişi – 9-10 mln
21 kişi – 5-6 mln
18 kişi – 7-8 mln
9 kişi – 30-50 mln
8 kişi – 18-20 mln
6 kişi – 12-16 mln
6 kişi – 3-4 mln
6 kişi – 1-2 mln
2 kişi – 100 mln

Ijtimoiy tadqiqotdan ma'lum bölişiça, örta arifmetik hisobda toşkentliklar oyiga 13 mln 700 ming söm daromad olsa, özlarini moliyaviy mustaqil deb hisoblaydilar.

Ma'lumot uçun, ijtimoiy sörov 6 oktabr kuni Toşkentning Yakkasaroy, Mirobod, Çilonzor, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida ötkazildi.