O‘zbekiston | 09:18 / 10.10.2019
37757
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yosh boshqaruv kadrlar top-35 ro‘yxati tuzildi

“Yuksalish” harakati mas'uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar top-35 ro‘yxatini tuzdi.

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatning barcha sohalarida shiddatli o‘zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda. Ushbu davrda yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e'tibor qaratilib, ular strategik muhim sohalarga jalb etilmoqda.

So‘nggi 3 yil mobaynida vazirlik va idoralardagi muhim lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlandi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olgan, amaliy tajribaga ega va o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olganlar ekani aytiladi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo‘lib, O‘zbekistonda mas'uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzdi. 

Unda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o‘rin olgan. Ro‘yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishi, o‘zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan, deyiladi harakat ma'lumotida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid