O‘zbekiston | 09:55 / 10.10.2019
52434
2 daqiqa o‘qiladi

«Soyadagi» siyosatchilar. Odamlar deputat va senatorlarni taniydimi?

Shu yilning 22 dekabr sanasi O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni, deb e'lon qilindi. 22 sentyabrdan siyosiy partiyalar o‘z saylovoldi targ‘ibot kampaniyasini boshlab yuborishgan.

Biz esa yurtdoshlarimizning mazkur saylovlarga qanchalik tayyorligi va siyosiy jarayonlardan qanchalik xabardorligini aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma o‘tkazdik.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

So‘rovnoma shartlariga ko‘ra, ishtirokchilardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning farqi nimadan iborat ekanligi, uch nafar deputat yoki uch nafar senatorning ism-sharifini yoddan aytib berishlari hamda kelayotgan saylovlarda qaysi partiyadan ko‘rsatiladigan nomzodga ovoz berishlari haqida so‘raldi.

Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati parlament faoliyatidan yetarli darajada boxabar emas, senator va deputatlarni esa yaxshi tanishmaydi. 

Bu esa joylarda targ‘ibot ishlari yetarli darajada olib borilmayotganini, siyosatchilar va oddiy aholi o‘rtasidagi bog‘liqlik uzviy emasligini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid