Turkiya 9 oktabr kuni Suriya şimolidagi kurdlarga qarşi quruqlikdagi harbiy kampaniya boşladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning sözlariga köra, «Tinçlik buloği» deb nomlangan bu harbiy amaliyotdan maqsad - Turkiya çegaralari yaqinida terrorçilar uçun yölak qoldirmaslik va mintaqaga tinçlik olib keliş hisoblanadi.

Turk harbiylari Suriyaning Turkiya bilan çegaradoş şimoliy qismida IŞID terrorçilari va kurdlarning Öz-özini mudofaa qiliş bölinmalari (YPG) jangçilaridan xoli, davomiyligi salkam 500 kilometr va Suriya içkarisiga taxminan 30 kilometr kirib borgan xavfsizlik hududini barpo etib, bu hududga ayni vaqtda Turkiyada yaşayotgan 2 milliondan ortiq suriyalik qoçqinlarni joylaştirişni rejalaştirgan.

Turkiya Suriya şimolidagi kurdlarni öz milliy xavfsizligiga tahdid sifatida köradi. Turkiya hukumati Suriyadagi kurdlarni ön yillardan buyon Turkiya hududida hukumatga qarşi kuraş olib borayotgan Kurdiston işçilar partiyasiga böysunuvçi terrorçilar sifatida biladi. Suriya kurdlari esa bu ayblovni rad etişgan.

Suriya şimolidagi kurdlar IŞID bilan janglarda asirga olingan minglab sobiq jangarilar va ularning oilalari saqlanadigan lagerlarni nazorat qiladi. Turkiyaning hujumi esa bu asirlarning qoçib ketişiga va yana bir jiddiy xavf paydo bölişiga olib kelişi mumkin.

Odamlar çegara hududlaridan qoçmoqda

Çegaradagi aholi öz uylarini tark etmoqda
GETTY IMAGES

8 oktabr kuni keçqurun quruqlikdagi qöşinlar Turkiyadan Suriya tomon yölga çiqdi — ular bosqinni uç yönaliş böylab boşlagan; çegara hududlarda turk harbiylari va kurdlar örtasida töqnaşuvlar yuz bergan.

Kurdlar turk harbiylariga jiddiy qarşilik körsatişlarini ma'lum qilgan

Mazkur amaliyotga aviatsiya, artilleriya va quruqlikdagi bölinmalar jalb qilingan. Yuriş kurdlar nazorati ostidagi törtta şahar — Ras-al-Ayn, Tell-al-Abyad, Al-Qamişli va Ayn-Issaning bombardimon qilinişi bilan boşlandi; uşbu şaharlarda istiqomat qiluvçi minglab aholi uy-joyini taşlab, qoçişga majbur böldi. Huquqni himoya qiliş taşkilotlari ma'lumotlariga köra, turk aviatsiyasi zarbalari oqibatida kurd köngilli jangçilaridan taşqari tinç aholi vakillari ham halok bölişdi.